Qosimxodjayev: maqsadimiz - Orolbo‘yini Las-Vegasga aylantirish

© Goskomturizm UzbekistanaUlugbek Kasimxodjayev
Ulugbek Kasimxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Davlat turizm qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Qosimxodjayev Orolbo‘yida dam olish zonasini rivojlantirishdagi muhim ustuvorliklar xususida gapirdi

Hukumat qattiq iqlimga ega bu regionda ekstremal va ekologik turizmni rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Turizmning bu turlari Qoraqalpog‘iston mehmonlari orasida allaqachon shuhrat qozonishga ulgurgan.

Aralskoe more - Sputnik O‘zbekiston
Orolbo‘yida innovatsiya va texnologiyalar hududi tashkil etiladi

"Marshrutlar allaqachon yo‘lga qo‘yilgan, bunda turistlar guruhi jiplarda kanonlar tomon yo‘l oladi, u yerda o‘tovlarda tunaydi va ertasi kuni ortga qaytadi. Ekstremal turizmni ilm olishga xizmat qiluvchi turizm bilan uyg‘unlashtirish mumkin - Qoraqalpog‘istonda 20dan ortiq tarixiy yodgorliklar bor. Yana bir yo‘nalish hunarmandchilik shaharlari bo‘lib, u yerlarda ajdodlar an’analari bo‘yicha ishlayotgan ustalar bilan tanishish mumkin", — deya ta’kidladi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida Nukusda bo‘lib o‘tayotgan "Orolbo‘yi - ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi" xalqaro anjumani doirasida Ulug‘bek Qosimxodjayev.

Regionga chet ellik mehmonlarni ohanrabodek tortuvchi joylardan biri sifatida Saviskiy nomidagi milliy san’at muzeyi xizmat qilishi mumkin.

"Umuman olganda biz Orolbo‘yi hududidan Silikon vodiysi va Las-Vegas simbiozini yaratishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Biz Rossiya, arab davlatlari, Turkiya va O‘rtayer dengizi hududlaridan turistlarni jalb qilishga e’tibor qaratmoqdamiz", - dedi Davlat turizm qo‘mitasi vakili.

Izohni to‘laligicha bizning radiopodkastda tinglashingiz mumkin.

Zamglavi Goskomturizma: nasha sel - sdelat iz Priaralya Las-Vegas
Yangiliklar lentasi
0