Saviskiy muzeyi direktori ziyon yetkazilgan durdona asar taqdiri xususida so‘zladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKartini v muzee im. Saviskogo v Nukuse
Kartini v muzee im. Saviskogo v Nukuse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
I.V.Saviskiy nomidagi Nukus muzeyida saqlanib kelingan avangard-rassom Aleksandr Shevchenko qalamiga mansub “Baba s vedrami” asari zarar ko‘rgan edi. Rasmning kelgusi yil doimiy ko‘rgazma safiga qaytarilishi kutilmoqda.

TOShKENT, 25 okt — Sputnik, Mariya Naumenko. I.V. Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi direktori Gulbahor Izentayeva Shevchenkoning mashhur durdona asari ustida olib borilayotgan restavratsiya ishlari qanday kechayotgani hamda ko‘rgazma majmuasi yong‘inga qarshi tizimi modernizatsiyasi qachonga rejalashtirilgani xususida so‘zladi.

Yong‘inni o‘chirish tizimining favqulodda ishlab ketganligi natijasida "Baba s vedrami" asariga ziyon yetkazilgan va u hali-xanuz konservatsiyada saqlanmoqda, ammo kelasi yil asar muzey zallarida ko‘rgazmaga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

"Baba s vedrami" asari hozirda restavratsiyada saqlanyapti. Moskvadan ekspert Nadejda Koshkina kelib asarni konservatsiyalab ketgan edi. Koshkinaning yil oxiriga qadar kelishini kutapmiz. Hozirda u ishlaydigan Grabar nomidagi markaz direktori nomiga xat yo‘llaganmiz", - deydi Izentayeva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, eng muhim jarayon - bo‘yoq qatlamining suratda mustahkamlab olinishi allaqachon amalga oshirilgan va asarga qo‘shimcha tus berish, ya’ni "pardozlash" qolgan, xolos.

Kartini v muzee im. Saviskogo v Nukuse - Sputnik O‘zbekiston
Saviskiy muzeyida zarar ko‘rgan san’at asarini restavratsiya qilish boshlandi

"Jamoatchilik ushbu shoh asarni kelgusi yilda yana tomosha qilishidan juda umidvormiz. Suratni yana muzey ekspozitsiyasiga qo‘yishni maqsad qilib olganmiz", - qo‘shimcha qildi muzey direktori.

Muzeyning yong‘inga qarshi tizimi modernizatsiyasi haqida so‘z yuritar ekan, Izentayeva bu murakkab va ko‘p mablag‘ talab qiladigan ish ekanligiga e’tibor qaratdi. Yong‘inni o‘chirishda qo‘llanilayotgan suv asosidagi tizimni gaz tizimiga o‘tkazish uchun mablag‘ kerak. Respublika Madaniyat vazirligi orqali Moliya vazirligiga tegishli murojaat yuborilgan. Moliya vazirligi moliyalashtirish masalasini hal qiladi.

I.V.Saviskiy nomidagi muzeyni "Sahrodagi Luvr" deb ham atashadi. Ko‘rgazmada XX asr birinchi yarmidagi avangard-rassomlarning durdona asarlari jamlangan.

© Karakalpakskiy gosudarstvenniy muzey iskusstv im. I. V. Saviskogo"Baba s vedrami" asari. Rassom Aleksandr Shevchenko. 1914-yil.
Saviskiy muzeyi direktori ziyon yetkazilgan durdona asar taqdiri xususida so‘zladi  - Sputnik O‘zbekiston
"Baba s vedrami" asari. Rassom Aleksandr Shevchenko. 1914-yil.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil iyul oyida Saviskiy muzeyida o‘t o‘chirish tizimining noto‘g‘ri ishlab ketishi oqibatida jiddiy zarar ko‘rgan asarning bugungi kundagi o‘rtacha narxi qariyb 1,5 mln AQSh dollarga baholangan.

Yangiliklar lentasi
0