TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hukumatga 2020-yil davlat budjeti loyihasida amaldorlarni ta’minot xarajatlarini 10 foizga kamaytirish haqida topshiriq berdi.
Bundan avval Ukraina Vazirlar Mahkamasi 2020 yil uchun davlat budjeti loyihasini tasdiqladi. Yuqori rada hujjatni birinchi o‘qishda qabul qildi.
Ukraina Markaziy banki rahbari o‘rinbosari Dmitriy Sologub ushbu loyiha, uning makroiqtisodiy parametrlari o‘zgarish mumkinligini ta’kidladi.
“Biz 2020-yilgi davlat budjetini ikkinchi o‘qishga tayyorlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdik. Asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha moliya vazirini tingladim. Unga kelgusi yil amaldorlarni ta’minoti xarajatlarini 10 foizga kamaytirish vazifasini qo‘ydim. Bu pulni tejashga va ularni ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan budjet moddalariga yo‘naltirishga imkon beradi. Bu pasayish Ukrainaning kelajagi bog‘liq bo‘lgan - o‘qituvchilar va shifokorlarga ta’sir qilmasligi kerak”, - deb yozdi Ukraina yetakchisi Facebook sahifasida.