Turkmaniston prezidenti iqtisodda sun’iy to‘siqlarga qarshi chiqdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Turkmenistana G. Berdimuxamedov
Prezident Turkmenistana G. Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Berdimuhammedovga ko‘ra, Qo‘shilmaslik harakati mamlakatlari a’zo-davlatlarning iqtisod sohasidagi qonuniy huquqlarini ilgari surish, iqtisodiy suverenitet uchun olg‘a qadam tashlashlari, diskriminatsiya va sun’iy to‘siqlarga qat’iy qarshi chiqishlari lozim.

TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Qo‘shilmaslik harakati sammiti davomida iqtisod sohasidagi sun’iy to‘siqlarga qarshi chiqdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Sovmestnaya trenirovka peshix i mexanizirovannix kolonn pered Paradom Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyaga hamla qilishdan nega qo‘rqishini xitoy OAVlari tushuntirdi

Qo‘shilmaslik harakati o‘n sakkizinchi sammiti juma kuni Ozarbayjon poytaxtida ochildi. Tashkilotga harbiy bloklarda ishtirok etishdan voz kechgan 120ta davlat a’zo.

"Qo‘shilmaslik harakati a’zo-davlatlari iqtisodiy sohadagi qonuniy huquqlarini ilgari surishlari, iqtisodiy suverenitet uchun olg‘a qadam tashlashlari hamda haq-huquqni seklash va sun’iy to‘siqlarga qat’iy qarshi chiqishlari lozim. Xalqaro terrorizmga qarshi ta’sirchan kurash esa bosh vazifalardan biri sanaladi", - dedi Berdimuhammedov Bokuda tashkilot sammitida so‘zlagan nutqida.

Unga ko‘ra, Turkmaniston BMTning global aksilterror strategiyasi hayotga tatbiq etilishi tarafdori.

"Bu kabi strategiya har joyda - jahon, regional va milliy darajada amalga oshirilmog‘i lozim. Chinakam terrorizm tahdidiga duch kelayotgan Harakat a’zolari uchun esa bu vazifa juda dolzarbdir", - deb qo‘shimcha qildi Turkmaniston prezidenti.

Qo‘shilmaslik harakati sovuq urush yillari davomida Belgrad konferensiyasida 1961-yilning sentabrida tashkil topgan - unga NATO yoki Varshava shartnomasiga kirishni xohlamagan davlatlar, jumladan, Yugoslaviya, Hindiston va Misr kirgan. Bugungi kunda Qo‘shilmaslik harakati harbiy bloklarga qo‘shilishdan voz kechgan 120 mamlakatni o‘zida birlashtiradi. 17 davlat va 10ta xalqaro tashkilot tashkilot qoshida kuzatuvchi maqomiga ega.

Yangiliklar lentasi
0