MDH hukumat rahbarlarining navbatdagi yig‘ilish sanasi aniqlandi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr RF D. Medvedev prinyal uchastie v zasedanii Soveta glav pravitelstv SNG i Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta
Premyer-ministr RF D. Medvedev prinyal uchastie v zasedanii Soveta glav pravitelstv SNG i Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 2020-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida raislik qiladi. MDH bosh vazirlari 29-may kuni Toshkentda navbatdagi sammitda uchrashishi ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 25 okt – Sputnik. MDH hukumat rahbarlari 2020-yil 29-may kuni Toshkentda navbatdagi sammitda yig‘ilishi belgilab olindi. Bu haqda Hamdo‘stlik hukumat rahbarlarining Moskvadagi majlisi yakunlaridan so‘ng Belarus bosh vaziri Sergey Rumas e’lon qildi.

“Qisqa formatdagi yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi taklifi bilan Hamdo‘stlik hukumat boshliqlarining navbatdagi sammitini Toshkentda 2020-yil 29-may kuni o‘tkazishga kelishib olindi”, - xabar qiladi RIA Novosti.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev na zasedanii Soveta glav gosudarstv Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG). - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev O‘zbekistonning MDHda raisligi davridagi to‘rtta ustuvor vazifani aytib o‘tdi
O‘zbekiston tashkilotdagi raislikni 2020-yildan e’tiboran Turkmanistondan qabul qiladi. Shavkat Mirziyoyev Ashhobodda bo‘lib o‘tgan sammitda so‘zga chiqar ekan, O‘zbekiston o‘z raisligi davrida rejadagi tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlarni qo‘llashini ma’lum qilgandi. Yil davomida, umumiy hisobda, 60 ga yaqin turli yig‘ilish, forum va ishchi uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Respublika poytaxti, shuningdek, bosh forum – Hamdo‘stlik davlat rahbarlarining sammitiga ham mezbonlik qiladi. Tadbir Toshkentda 2020-yil 16-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0