Forbes jurnali Rossiyaning eng boy ayollarining navbatdagi roʻyxatini taqdim etdi.
Moskva sobiq meri Yuriy Lujkovning rafiqasi Yelena Baturina yetakchilikni qoʻldan boy bermasdan kelmoqda. Uning boyligi 1,2 mlrd dollarga baholangan.
Roʻyxatning ikkinchi pogʻonasini Wildberries Wildberries kompaniyasi asocchisi Tatyana Bakalchuk egallagan. Uning boyligi ayni damda 1 mlrd dollarni tashkil qilib turibdi.
Reytingga ilk bor kiritilgan “Rossiya” bankining asosiy aktsiyachisining rafiqasi Tatyana Kovalchuk 600 million dollar bilan uchinchi oʻrinni egalladi.
600 mln dollarga ega xususiy sarmoyachi va milliader Dmitriy Ribolovlevning sobiq rafiqasi Yelena Ribolovleva toʻrtinchi oʻringa munosib koʻrilgan.
Birinchi beshlikka Olga Belyavtseva yakun yasagan. Olga Belyavtsevaning asosiy kapitalini “Lebedyanskiy” (sharbatlar), “Progress” (FrutoNyanya) aktsiyalari tashkil etadi. Olga olma yetishtiruvchi kompaniya sohibasidir. Uning boyligi 550 mln dollarga baholangan.
Reytingning 25 pogʻonasini mashhur tennischi Mariya Sharapova egallagan. Uning boyligi 180 mln dollarni tashkil etadi.
Roʻyxatning asosiy qismini xususiy investitsiya bilan shugʻullanuvchi va turmush oʻrtogʻlarining kompaniya aktsiyalariga egalik qiluvchi ayollar tashkil etadi. Reytingga kiritilganlarning boyligi ularga tegishli aktiv qiymatiga qarab aniqlangan. Bular kompaniya aktsiyalari, koʻchmas mulk va boshqalar.




