O‘zbekistonning doimiy aholisi soni ma’lum qilindi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Tashkente proxodit festival morojenogo
V Tashkente proxodit festival morojenogo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari qaraganda, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 1,9 foizga teng bo‘lgan.

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2019-yil 1-oktabr holatiga  ko‘ra 33,7 mln kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 1,9 foizga teng bo‘lgan.

O‘zbekistonda umr davomiyligi rekord tempda oshmoqda

2019 yilning yanvar-sentabr oylarida aholining tabiiy o‘sishi 477,5 ming kishini tashkil etib, 2018-yil mos davriga nisbatan 36,7 ming kishiga (2018 yilning yanvar-sentabr oylarida 440,8 ming kishi bo‘lgan) o‘sgan. 

Respublika hududlari kesimida tahlillar bo‘yicha, 2019-yil 1-oktabr holatiga eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4 foizni tashkil etib, keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyatida 11,1 foizni, Qashqadaryo viloyatida 9,7 foizni va Andijon viloyatida 9,2 foizni tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yil 1-oktabr holatiga respublika doimiy aholi sonining 30,5 %i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59,1 %i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,4 %i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0