O‘zbekiston Jahon bankining Doing Business reytingida 7 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi

Obuna bo‘lish
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Doing business reytingida 18 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi, 2025-yilga kelib eng yaxshi 20talikka kirishni rejalashtirigan.

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Jahon banki tomonidan e’lon qilingan Doing Business reytingida O‘zbekiston 7 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi.

Reytingda ishtirok etayotgan 190 ta davlatlar orasida O‘zbekiston biznes bilan shug‘ullanish oson bo‘lgan mamlakatlar orasida 69-qatorda joylashgan.

Reytingning eng yuqori qatorlaridan Yangi Zelandiya, Singapur va Gonkong o‘rin olgan. MDH mamlakatlaridan eng yuqori natijaga Gruziya erishgan 7 o‘rin, Qozog‘iston – 25 o‘rin, Rossiya – 28 o‘rin.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Doing Business reytingida 18 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev turli xalqaro nufuzli tashkilotlarda O‘zbekiston reytingini yaxshilashga qaratilgan farmonni imzolagan edi. 2025-yilda O‘zbekiston ushbu reytingning eng yaxshi 20taligiga kirishni rejalashtirigan.

Yangiliklar lentasi
0