TOShKENT, 24 okt - Sputnik. O‘zbekistonda mehmonxonalarda alkogol mahsulotlarini sotish tartibi soddalashtirildi, xabar qiladi O‘zbekiston turizm qo‘mitasi.
Endilikda mehmonxonalar ichida va ularga tegishli joylarda (bar, mini-bar, kafe, restoran) alkogol mahsulotlari sotuvini yo‘lga qo‘yadigan bir necha statsionar chakana savdo nuqtasi uchun bitta ruxsat guvohnomasi beriladi.
Ilgari alkogolni faqat har bir umumiy ovqatlanish obyektiga berilgan ruxsat beruvchi guvohnoma asosida sotish mumkin edi.
Bir necha ruxsat guvohnomasi olish tartibining bekor qilinishidan asosiy maqsad mehmonxona biznesiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada yaxshilash va ularning sifatini zamonaviy standartlar hamda talablarga muvofiq oshirishdan iboratdir.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda alkogol narxi joriy yil 1-noyabrdan oshishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda alkogol va tamaki ishlab chiqaruvchilarning litsenziya muddati uzaytirildi
Chakana savdodagi bir litr vino narxi 9 000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha, konyakniki 34 000 dan 36 000 gacha, ulgurji narxi 8 000 dan 8 600 so‘mgacha va mos ravishda 29 000 dan 31 000 gacha ko‘tariladi.