Yunusobod tumanidagi bola o‘g‘rilari haqida xabar o‘z isbotini topmadi

Obuna bo‘lish
Ma’lum bo‘lishicha, 21-oktabr kuni 19 yoshli maktabning sobiq bitiruvchisi shu maktabda tahsil olayotgan do‘stining oldiga qora rangli “Spark” rusumli yengil avtomobilda kelgan.

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan Yunusobod tumanidagi 260-maktab atrofida bola o‘g‘irlashga urinish holati haqidagi xabar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berdi.

Qayd etilishicha, bu holat bo‘yicha maktab rahbariyati tomonidan darhol tuman IIBga murojaat qilingan.

Pustie parti v odnom iz klassov - Sputnik O‘zbekiston
XTV Yunusobod tumanidagi bola o‘g‘rilari haqida ma’lumot berdi

Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yil 21-oktabr kuni taxminan soat 13.00 larda 19 yoshli maktabning sobiq bitiruvchisi shu maktabda tahsil olayotgan 17 yoshli do‘stining oldiga qora rangli “Spark” rusumli yengil avtomobilda kelgan.

Yo‘l yuzida turgan boshlang‘ich sinf o‘quvchisiga nechinchi sinfda o‘qishi haqida so‘ragan hamda uni uyiga olib borishni taklif qilgan. Taxminan 10 metr uzoqlikda kuzatib turgan boshlang‘ich sinf o‘quvchisining otasi bu holatni noto‘g‘ri tushungan hamda IIB xodimlarini voqea joyiga chaqirtirgan.

Tuman IIBB YPX va Milliy gvardiya xodimlari darhol voqea joyiga yetib kelib, surishtiruv ishlarini olib borishgan.

“O‘rganish natijalari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar o‘z isbotini topmadi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq XTV ushbu voqea yuzasidan yakuniy ma’lumot surishtiruv ishlari tugagach taqdim etilishini ma’lum qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0