Ohangaronda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishBarani
Barani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 2019-2021 yillarda qoramolchilikni rivojlantirish bo‘yicha 13 ta hamda qo‘ychilikni rivojlantirish bo‘yicha 10 ta loyiha amalga oshiriladi.

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Toshkent viloyati Ohangaron tumanida chorvachilikni rivojlantirish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.

Fermerskoe xozaystvo - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston O‘zbekiston tufayli qoramol olib chiqishni ta’qiqladi

Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 2019-2021 yillarda qoramolchilikni rivojlantirish bo‘yicha 13 ta hamda qo‘ychilikni rivojlantirish bo‘yicha 10 ta loyiha amalga oshiriladi, natijada 1728 ta ish o‘rni tashkil etiladi.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish maqsadida chorva mollarini saqlash hamda ozuqabop ekinlar yetishtirish uchun zarur yer maydonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ohangaron tumani hokimining qarorlari asosida ajratib beriladi.

Shuningdek, mazkur loyihalar uchun belgilangan tartibda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya va kafilliklar beriladi.

Yangiliklar lentasi
0