TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Gastroenterolog-shifokor Mariya Badalyan nonushtani o‘rniga qahva ichish nega zarar bo‘lishi mumkinligi haqida gapirdi. RIA Novosti xabariga asosan.
“Och qoringa qahva ichish, uning ustiga nonushtaga – bunday turmush tarzi, albatta oshqozon-ichak traktiga yomon ta’sir qiladi”, - deydi mutaxassis.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ertalab o‘t pufagining ishini boshlash kerak. Buning uchun banan, butqa yoki musli mos keladi. Qahva o‘t pufagida tosh, xoletsistit va boshqa oshqozon ichak xastaliklari bor odamlarga hech qanday foyda keltirmaydi.
Ertalabki qahva gipertoniya xastaligiga duchor bo‘lgan kishiga ayniqsa zarar yetkazishi mumkin. Bunday odat yuqori bosimli kishilarda yurak xurujiga yoki insultga olib kelishi mumkin.