O‘zbekiston bir million nafar dasturchi tayyorlaydi – Abdulla Aripov

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noyabrda O‘zbekiston BAA bilan birgalikda 1 million nafar dasturchilar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturini ishga tushiradi, dedi bosh vazir.  

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. Moskvada bo‘lib o‘tayotgan “Ochiq innovatsiyalar” xalqaro forumda so‘zga chiqarkan, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston IT sohasi rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ministri energetiki stran SARES vstretilis v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Aripov: AES loyihasini amalga oshirishda barcha xalqaro talablarga qat’iy rioya qilamiz

- Bugungi kunda O‘zbekiston ham MDHning boshqa davlatlari kabi, IT va yuqori texnologiyalar sohasida turli chaqiriq va xavflarga duch kelmoqda. Ular orasida keng polosali internet kanallar yetishmasligi, axborot xavfsizligi, kadrlar masalasi va boshqalar bor. Biz kelasi yil oxiriga qadar respublikadagi barja ijtimoiy muassasalarni internet tarmog‘i bilan qamrab olishni rejalashtirganmiz, jumladan mobil internet bilan ham. Shuningdek, mobil aloqa abonentlari soni ham 23 million kishiga yetishi kutilmoqda, - dedi  O‘zbekiston bosh vaziri.  

Shuningdek, Aripov O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash sohasiga ham alohida e’tibor berilayotganida to‘xtalib o‘tdi.

- O‘zbekiston aholisining 60 % yoshlar ekanini hisobga olgan holda, bu borada O‘zbekistonda keng imkoniyatlar borligini qayd etish mumkin. Yuqori texnologiyali sohalarda kadrlar tayyorlash uchun Respublikada 17ta OTM faoliyat yuritmoqda. Noyabrda O‘zbekiston BAA bilan birgalikda 1 million dasturchilar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturini ishga tushiradi, - dedi Aripov.  

Mechtay, ver i postroy eto: v Tashkente otkrilsya perviy IT-park - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda O‘zbekistondagi ilk zamonaviy IT Park ishga tushdi

Undan tashqari O‘zbekiston bosh vazini MDH davlatlari orasida yuqori texnologiyalar sohasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik masalalariga ham e’tibor qaratdi.

- Rivojlanishning yana bir sohasi, bu – davlat boshqaruvini raqamlashtirishdir. Ushbu sohada alohida masalalar bo‘yicha O‘zbekistonga Rossiyalik mutaxassislar yordam ko‘rsatishmoqda. Xususan, QQS solig‘i borasida, markirovka tizimlari va kassa apparatlarini joriy etish borasida hamkorlik amalga oshirilmoqda.

-Yana bir masala bu axborot xavfsizligidir. O‘zbekistonda yil boshidan buyon 8 millionga yaqin kiberhujumlar qayd etildi. Ular orasida ayrimlari juda xavfli bo‘ldi. Biz allaqachon axborot himoya qiluvchi choralar ko‘rdik, lekin bu muammoni barcha davlatlar birgalikda hal qilishi kerak, va jahon tajribasdan foydalanishi kerak, - dedi Aripov.

Yangiliklar lentasi
0