Qirg‘iziston prezidenti ukasini jinoiy javorgarlikka tortish talab qilindi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishParlament Kirgizii
Parlament Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Atambayevning tarafdori Temirlan Sultanbekov mamlakat prezidenti ukasi, sobiq spiker Asilbek Jeenbekovni javorgarlikka tortishni talab qildi.

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. Atambayevning tarafdori Temirlan Sultanbekov mamlakat prezidenti ukasi, sobiq spiker Asilbek Jeenbekovni jinoyat kodeksining ikki moddasi (mansab vakolatini  suiiste’mol qilish va sovuqqonlik) bo‘yicha javobgarlikka tortishni talab qildi. Bu haqda u bosh prokuraturaga ariza yubordi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Takoy pomoshi ne nado — Atambayev viskazalsya o $100 mln ot Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev o‘zi figurant bo‘lgan jinoyat ishi majlisiga kelishdan bosh tortdi

Ariza Bishkek TES modernizatsiyasida korrupsiya holati bo‘yicha tergov ishi doirasida ko‘rib chiqiladi.

Bu Atambayevning sobiq prezident maqomini olib tashlash bo‘yicha tarafdorlarning javobi.

Shu yil iyunda parlament maxsus komissiyani tuzdi, uning ishi natijasida Almazbek Atambayev oltita jinoyatda ehtimoliy aloqadorligi ma’lum qilindi.

Parlament Atambayevni sobiq prezident maqomi va daxlsizlikdan mahrum etdi.

Avgustda Qo‘y-toshda qishlog‘ida kuchishlatar bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor amaliyot natijasida sobiq prezident tergov izolyatoriga joylashtirildi, tarafdorlari hibsga olindi.

Yangiliklar lentasi
0