Konor Makgregor: “Habib g‘alabasiga pul tikkan bo‘lar edim”

© REUTERS / Brian FluhartyKonor Makgregor
Konor Makgregor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor Habib Nurmagomedov va Toni Ferguson o‘rtasida bo‘lishi mumkin jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor Habib Nurmagomedov Toni Fergusonni ular o‘rtasida bo‘lishi mumkin jangda yengishi mumkin deb hisoblaydi.

“Moskvada ko‘rishamiz, mushukcha”: Habib va Konor yana janjallashdi

Amerikalik Toni Ferguson katta ehtimol bilan UFC doirasida jangda Habibga keyingi raqib bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

“Bir narsa deyish qiyin, lekin o‘ylashimcha, Habib g‘alaba qozonadi. Garchi Toni juda yaxshi jangchi bo‘lsada, u yiqiladi, ko‘tariladi va yana jang qiladi. U hech qachon charchamaydi. Biroq men Habib g‘alabasiga pul tikkan bo‘lar edim”, - deya Konor so‘zlaridan keltiradi Sport RIA Novosti.

Habib Nurmagomedov 7-sentabrda Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan UFC 242 doirasidagi musobaqada amerikalik Dastin Poryeni bo‘g‘ish usuli bilan taslim etib, yengil vaznda chempionlik kamarini himoya qilgan edi. Habib faoliyati davomida 28-marta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Toni Ferguson ham shuncha jang o‘tkazgan. U janglarida 25-marta g‘alabaga erishib, 3-marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.

Yangiliklar lentasi
0