TOShKENT, 23 okt — Sputnik. “Rossiya segodnya” Xalqaro axborot agentligi bosh direktori Dmitriy Kiselov Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qilmoqda.
“Putinning o‘zi bu haqda ertalabdan kechgacha o‘ylashinini aytgandi. O‘zidan keyin voris qoldirmasdan va eshikni qarsillatib yopish ketish u uchun ma’suliyatsizlikdir”, - dedi Kiselov.
Uning fikriga ko‘ra, har bir ma’suliyatli siyosatchi hokimiyatning meros bo‘lib boshqaga o‘tishini ta’minlashi lozim.
“Rossiya segodnya” XAA bosh direktori amaldagi mamlakat rahbarining o‘z vorisini qo‘llab-quvvatlashi butun dunyoda kuzatiladigan an’ana ekanini qo‘shimcha qilgan. Masalan, Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua Ollan Emmanyuel Makronni, AQShning sobiq rahbari Barak Obama esa Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlagani hech kimga sir emas.
“Ma’suliyatli siyosatchilar o‘zlariga voris tayyorlashadi. Bu odatiy hol. Boshqa tarafi shundaki, Hillari Amerikada saylanmagani, ya’ni voris muvaffaqiyatsiz bo‘lgan. Tabiiyki, xalq hal qiladi, saylovlar o‘tkaziladi”, - deya tushuntirdi Kiselov.
Vladimir Putinning prezidentlik vakolati muddati 2024-yilda o‘z nihoyasiga yetadi. Yangi prezident saylovlari mart oyida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Putin Buyuk Britaniyaning “Financial Times” nashriga bergan intervyusida davlat rahbari sifatida faoliyat yuritishni boshlagan kundan beri o‘z vorisi haqida o‘ylashini tan olgan edi.
Shu bilan birga, u Rossiyani landovur boshqara olmasligini ta’kidlagan edi.