Toza ichimlik suvi tanqisligiga yangi yechim topildi

© FRANCK FIFE / AFPStakan s vodoy
Stakan s vodoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomsk politexnika universiteti xodimlari suv tozalaydigan ixcham komlekslarni ishlab chiqdi. Ular har qanday mamlakatda, mavjud mahalliy iqlimdan qat’iy nazar qo‘llanilishi mumkin.

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Tomsk politexnika universiteti xodimlari noyob texnologiyalar asosida suv tozalaydigan ixcham komlekslarni ishlab chiqdi. Ularning yordamida uzoqda joylashgan aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash mumkin bo‘ladi, xabar qiladi RIA Novosti. 

BMT ma’lumotlariga qaraganda, dunyoda ikki milliardga yaqin kishi toza ichimlik suviga ega emas. Mazkur muammoni hal qilish uchun Tomsk viloyatida 2017-yil “Toza suv” dasturi ishga tushirilgan edi. Uning doirasida ikki yil o‘tgach, viloyatdagi barcha suv tozalaydigan komplekslar modernizatsiya qilindi.

Virashivanie risa v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda “Aqlli suv” tizimi joriy etiladi

Yangi ishlab chiqilgan texnologiya tozalangan suvni ilgarigidek suvni tozalaydigan yirik stansiyalarga emas, bevosita suv bilan ta’minlash tarmog‘ining o‘zi orqali yetkazilishiga imkon yaratadi.

Bunday yondashuv suv tarmoqlaridan foydalanish, ularni qayta ta’mirlashga, suv tozalaydigan yirik stansiyalarga ketadigan harajatlarni iqtisod qilishga yordam beradi.

“Texnologiyaning noyobligi uning yuqori darajada zahiraviy samaradorligidadir. U elektr energiyasi va suv iste’molini sezilarli darajada qisqartiradi. Ixchamliligi bilan ham ajraladi, xususan, tozalovchi kompleks vandallarning xatti-harakatlariga, har qanday ob-havoga bas kela oladigan 24 kvadrat metrli mobil quti ichiga joylashtiriladi. Shuning bilan birga, moslama ifloslanganlikning turli darajalariga moslasha olishi ham kuzatiladi”, - deydi TPU “Toza suv” loyihasi bosh injeneri Andrey Matveyev.
Vodoprovodniy kran - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda suv ta’minoti tizimi tubdan isloh qilinadi

Qolaversa, injener so‘zlariga qaraganda, texnologiya uzoqdan nazorat qilish va zamonaviy moslamalar bazasida avtomatlashtirish tizimi bilan ta’minlangan.

Tomsk olimlari ular ishlab chiqqan suv tozalaydigan moslamalar xorijiy analoglar bilan solishtirganda ancha kam energiya sarflashini qayd etmoqda.

Tozalash texnologiyasi reagentsiz bo‘lib, har bir suv tozalash stansiyasi  muayan aholi punktidagi ehtiyojlarga moslab ishlab chiqiladi.

Barcha moslamalar yagona dispetcherlik tizimi ostida birlashtirilgan bo‘lib, ular suv va elektr energiyasining sarflanishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar va jihozlarning holati yuzasidan kundalik ravishda ma’lumot olish imkoniyatini beradi.

O‘zbekistonda suv tejovchi texnologiyalar uchun subsidiya ajratiladi

Bugungi kunda bunday stansiyalar Tomsk viloyatining qator tumanlarida qo‘llanilmoqda, shu jumladan, keskin iqlim sharoitlariga ega shimoliy tumanlarda ham. Hozirda o‘n minglab kishi toza suvdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

TPU olimlari bunday suv tozalash moslamalarini har qanday mamlakatda va har qanday iqlimda qo‘llash mumkinligiga ishonch bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, suv tanqisligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega mamlakatlar reytingida O‘zbekiston 25-o‘rinda joylashgan. Mazkur reytingda Markaziy Osiyoning boshqa respublikalari ham o‘rin topgan – 32-o‘rin Qirg‘iziston, 51-o‘rin Tojikiston va 60-o‘rinda Qozog‘iston. Turkmaniston esa reytingda 15-o‘rinni egallab, mintaqada suvi eng kam mamlakat sifatida qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0