Toshkent viloyatida 2 kilodan ziyod zargarlik buyumlarining olib kirilishi fosh qilindi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishYuvelirnie ukrasheniya
Yuvelirnie ukrasheniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki fuqaro O‘zbekistonga og‘irligi 2033,62 gramm va umumiy qiymati 41,8 million so‘mlik zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirishga uringan.

TOShKENT, 22 okt - Sputnik. Bojxona xodimlari umumiy qiymati 41,7 million so‘mlik zargarlik buyumlarini O‘zbekistonga noqonuniy olib kirishga uringan shaxslarning faoliyatiga chek qo‘yishdi.

Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra,  Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro A.S. ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortgan va ushbu shaxs belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazilgan.

Sotrudniki Domodedovskoy tamojni obnarujili v bagaje passajira nezadeklarirovannie ukrasheniya s brilliantami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zingdan chiqqan baloga: qaynonasining taqinchoqlarini o‘g‘irlagan kelin qo‘lga tushdi

Natijada fuqaro A.S. qo‘l sumkalarining turli burchaklariga zarqog‘ozga o‘rab joylashtirib, umumiy qiymati 38,5 million so‘mlik 1924,62 gramm kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringani aniqlandi.

Yana bir holat “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlandi. Ushbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro B.G. ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan, umumiy qiymati 3,3 million so‘mlik, og‘irligi 109 gramm bo‘lgan kumush va tilladan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirayotgani aniqlandi.

Yuqoridagi ikki holat yuzasidan og‘irligi 2033,62 gramm va umumiy qiymati 41,8 million so‘mlik zargarlik buyumlarini musodara qilingan.  

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda

Yangiliklar lentasi
0