Rossiya va Germaniyaning tanklari solishtirildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishRepetitsiya parada Pobedi
Repetitsiya parada Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning yangi T-14 “Armata” tanki va Germaniyaning "Qoplon-2" tanki solishtirildi, deb xabar qildi Die Welt nashri.

TOShKENT, 22 okt – Sputnik. 125 millimetrlik to‘pga ega bo‘lgan yangi Rossiya T-14 “Armata” tanki qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha Germaniyaning “Qoplon-2” (Leopard-2)dan ustun ekanligi ma’lum bo‘ldi, deb yozdi Germaniyaning Die Welt nashri. RIA Novosti xabariga asosan.

Uzbekskie bolelshiki na tribunax po itogam finala Tankovogo biatlona - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tankchilari “Tank biatloni” final bahsida g‘alaba qozondi

Hozir Germaniya va Fransiya birgalikda yangi jangovar tankni ishlab chiqmoqda. Biroq loyiha ishtirokchilari o‘rtasidagi raqobat keskinlashishi mumkin. Hammasiga to‘p sabab bo‘ldi. Chunki, “Leopard” uchun qurol yetkazib beradigan “Reynmetall” qurol konserni oldingi 120 millimetrlik model o‘rniga 130 millimetrli qurol ishlab chiqardi.

Shu bilan birga, yil boshida Fransiyaning “Nekster” qurol-aslaha konserni Leclercning prototipi - Terminator deb nomlangan tankga o‘rnatilgan 140 mm kalibrli qurolning muvaffaqiyatli otish sinovlarini o‘tkazganligini e’lon qildi.

Ikkala konsern ham ularning to‘plari "Asosiy yer jangovar tizimi" deb nomlangan qo‘shma nemis-fransuz loyihasiga mos keladi va 2023-yilda foydalanishga topshirilishi kerak deb hisobmoqda.

Rossiyaning T-14 “Armata” yangi avlod tanki 1500 ot kuchiga ega dizel dvigatel va “Malaxit” himoya moduli bilan jihozlangan. The National Interest nashri bu tankni "dunyodagi eng xavfli tank" deb atadi.

Leopard 2 - Germaniyaning asosiy jangovar tanki hisoblanadi. U Germaniya, Gollandiya, Avstriya, Norvegiya, Shvetsiya, Shveysariya, Ispaniya, Daniya, Gretsiya, Finlyandiya va boshqa davlatlar armiyalari bilan xizmat qilmoqda. U ko‘p qirrali zirhlarni, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoya va tunda ko‘rish moslamalari bilan jihozlangan.

Yangiliklar lentasi
0