“Birgalikda qozonganmiz”: Gitler Germaniyasini tor-mor etishda SSSR roli yo‘qqa chiqarilyapti

© Sputnik / Aleksey TixomirovGennadiy Bordugov
Gennadiy Bordugov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Sovet respublikalarining qay biri g‘alabada eng katta hissani qo‘shgan?” qabilidagi dunyoqarashlar singdirilayotgani bois va bu yo‘nalishda ziddiyatlarni oldini olish maqsadida "Birgalikda qozonganmiz" loyihasi ishlab chiqildi.

TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Rossiya jamiyatining tadqiqotchilari assotsiatsiyasi prezidenti Gennadiy Bordugov radio Sputnik efirida so‘zga chiqar ekan, natsizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75-yilligi arafasida Yevroosiyo xalqlari Assambleyasi huzurida “Pobedili vmeste” (Birgalikda qozonganmiz) Xalqaro jamoat qo‘mitasi tashkil etilganligini ma’lum qildi.

Qo‘mita faoliyati so‘nggi yillarda jahon tarixida asosiy trendga aylanib borayotgan voqelik – Ikkinchi jahon urushi natijalarini qayta ko‘rib chiqish, Gitler Germaniyasini tor-mor etishda SSSR rolini kamaytirish va hatto yo‘qqa chiqarish kabilarga qarshi turish, umumiy g‘alaba uchun jonini fido etganlar xotirasini saqlab qolish, ushbu g‘alaba barchamizning yagona g‘alabamiz ekanligini unutmaslik kabilarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

“Afsuski, mamlakatlar va xalqlar o‘rtasida ziddiyatli munosabatlarni avj oldirish, Ikkinchi Jahon urushi natijalarini qayta ko‘rib chiqish, insoniyat manfaati va ravnaqi yo‘lida qilingan urinishlarni yo‘qqa chiqarish kabi intilishlar ommalashmoqda”, - deb ta’kidladi assotsiatsiya rahbari.

Ikkinchi Jahon urushi to‘g‘risidagi xotirani saqlab qolish - bugungi avlodning burchi, deydi Bordugov intervyu davomida.

Ekspert fikricha, dunyoda muayan kuchlar borki, ularning asosiy maqsadi tarixiy voqelik bo‘lmish – sovet xalqi va uning ittifoqchilarining birgalikda natsizm ustidan g‘alabasini yo‘qqa chiqarish, aynan “birgalikda” so‘ziga zarba berishdan iborat.

Yangi urush konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. Sovet ittifoqining Ikkinchi Jahon urushida g‘alabada hal qiluvchi hissasini yo‘qqa chiqarish ushbu konsepsiyada markaziy o‘rinni egallaydi. Vaholanki, urush yakunida Ruzvelt ham Cherchill ham bu borada hech qanday shubhaga ega emas edi. SSSRning Sharqiy frontdagi hissasi barchaga ayon edi.

So‘nggi ikki yilda boshqa bir tendensiyani – sobiq ittifoqdosh davlatlarining (sobiq SSSR-tahr.) haqiqiy birligini, ma’naviy qardoshligini yo‘q qilishga bo‘lgan intilishlarni kuzatapmiz.

Ushbu konsepsiya mualliflari urushdagi g‘alabani, kerak bo‘lsa, milliy omilga qarab bo‘lib tashlash vazifasini o‘z oldilariga qo‘ygan.

“Sovet respublikalarining qay biri g‘alabada eng katta hissani qo‘shgan?” qabilidagi dunyoqarashlar singdirilmoqda. Bu esa millatlararo ziddiyatli munozaralarga sababchi bo‘lishi hech gap emas.

G.Bordugov so‘zlariga qaraganda, zamonaviy jamiyat va ayniqsa yoshlar aynan o‘sha zamon voqea-hodisalaridan boxabar, qator dalillar esa xotiradan chiqa boshlayotgani nihoyatda xavfli holat.

“Aynan shuning ta’sirida loyiha vujudga kelgan va bu eng avvalo, jamoat loyihasi bo‘lib, u barcha ishtirokchi davlatlarning ushbu urush bilan bog‘liq aksiyalarini qarama-qarshi qo‘yish emas, aynan birlashtirishga qaratilgan. Maqsad bitta – umumiy g‘alabamiz to‘g‘risidagi xotirani saqlab qolish, qandaydir axborot urushlariga javob berish orqali emas, aksincha ijobiy tashabbuslarni ilgari surish orqali birgalikda harakat qilish”, - deya so‘ziga yakun yasadi faoliyat yetakchisi.

Bordugov: mi boremsya s prinijeniyem roli SSSR v razgrome gitlerovskoy Germanii
Yangiliklar lentasi
0