Baxt ko‘li va Golf maydoni oralig‘ida tashkil qilingan 4x4 avtommobillar poygasi tashkilotchilari "4x4 Standart" va "4x4 Ekstrim" nomli 2ta trassa tayyorlashgan edi. Ular o‘z nomidan kelib chiqqan holda turli murakkablik darajasiga ega. Vazifa oddiy – ushbu trassalardan birini imkon qadar tezroq bosib o‘tish.
Musobaqada ishtirok etgan avtomobillar orasida barchaga yaxshi tanish bo‘lgan Niva, UAZ, LuAZ kabi avtomobillar bilan bir qatorda Toyota Land Cruiser, Jeep Wrangler kabi xorijiy brendlar ham bor edi.
"4x4 Ekstrim" toifasida qozog‘istonlik ekipaj Otabek va Abdujalil Kurbanovlar maxsus tayyorlangan avtomobilda g‘olib chiqishdi. Ikkinchi o‘rin Saydulla Nasirov, uchinchi o‘rin - Nikita Klochkovga berildi. "4x4 Standart" toifasida g‘alaba Ziyovuddin Nuriddinov va Nariman Achilovlar munosib deb topildi.