TOShKENT, 21 okt – Sputnik. AQSh harbiy aviatsiyasi qo‘shinlarini olib chiqqandan so‘ng Kleyb bazasini bombardimon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Kleyb bazasi El-Xasaka viloyatida joylashgandi. Bazada harbiy-transport samolyotlari uchun uchish-qunish chizig‘i bo‘lgan.
Aviabaza joylashgan hududda kurd va Turkiya tomon bo‘lgan qurollangan guruhlar tomonidan jang olib borilmoqda.
AQSh Suriya o‘sha hududida joylashgan yana bir aviabazani tashlab ketishi kutilmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp 2018-yil dekabr oyida AQSh harbiylarining Suriyadan chiqib ketishini e’lon qildi.