TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Bugun O‘zbekiston havo yo‘llarining Nyu-Yorkdan – Toshkentga uchgan HY-102 sonli parvozi davomida, 51 yoshli yo‘lovchi bezorilik qildi, deb xabar qilmoqda Milliy aviakompaniya.
Mast holda bo‘lgan, yo‘lovchi samolyot bortida to‘polon ko‘tardi. O‘z joyini egallash haqidagi talablarga bo‘y so‘nmay bort kuzatuvchilarini va atrofdagi yo‘lovchilarni haqorat qildi. o‘zining nojo‘ya harakatlari bilan parvoz xavfsizligini xavf ostiga qo‘ydi.
Ekipaj, boshqa yo‘lovchilar yordamda, bezorilik qilgan yo‘lovchini o‘rindiqqa bog‘lab qo‘yishga to‘g‘ri keldi. Toshkentga yetib kelganidan so‘ng aviato‘pollonchi Transportda jamoat xavfsizligini saqlash bo‘limiga topshirildi, - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun aviato‘polonchilar uchun aksariyat mamlakatlarda o‘ta qattiqqo‘l jazo choralari kiritilgan. Xususan, Rossiyada aviato‘polonchillarning maxsus "qora ro‘yxati" tuzilgan bo‘lib, ular hatto jinoiy javobgarlikka ham tortilishi mumkin.