“Moskvada ko‘rishamiz, mushukcha”: Habib va Konor yana janjallashdi

© REUTERS / Stephen R. SylvanieBoy mejdu Xabibom Nurmagomedovim i Konorom MakGregorom
Boy mejdu Xabibom Nurmagomedovim i Konorom MakGregorom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Twitterda irlandiyalik jangchi Konor Makgregor va rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmagomedov janjallashdi.

TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Irlandiyalik jangchi Konor Makgregor va UFC chempioni Habib Nurmagomedov yana bir-biriga nisbatan haqoratli so‘zlarni aytishdi.

Hammasi irlandiyalikning sirli xabari Twitterda bilan boshlandi. Makgregor noma’lum shaxsga murojaat qilib, uni bir necha bor haqorat qildi.

Jangchining izohini nafaqat obunachilar, balki rossiyalik jangchi Nurmagomedov tushunmadi, u raqibini “alkash” deb atadi.

Makgregor atigi 16 daqiqadan so‘ng javob qaytardi.

“Moskvada ko‘rishamiz, kiska”, - deb yozdi Konor Nurmagomedovga tomon.

Avvalroq, 31 yoshli irlandiyalik Nurmagomedov bilan revansh jang Rossiya poytaxtiga kelishga tayyorligini bir necha bor ta’kidlagandi.

“Moskvada zo‘rovonlarni kutishmayapti”, - deb javob yozdi Habib.

So‘nggi so‘z Makgregorda qoldi u Nurmagomedovning izohiga javob bermadi va sahifasida o‘zining rasmini joylashtirdi.

Suratda irlandiyalik jangchi noma’lum ma’muriy binoda turgani va u yerda Rossiya gerbi rasmi devorga osilganini aks etgan. Taxminlarga ko‘ra, surat Buyuk Britaniyadagi Rossiya viza markazlaridan birida olingan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, aralash yakkakurash bo‘yicha jangchilar Nurmagomedov va Makgregorning katta mojaro bilan yakunlangan mushtlashuvi 2018-yil 6-oktabr sanasida Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida o‘tkazilgan edi.

Habib bo‘g‘uvchi usulni qo‘llab, g‘alaba qozongandi. Ammo keyin oktagon setkasidan sakrab Makgregorning sparring-sherigi Dillon Denis bilan jang uyushtirgandi. Shu tufayli unga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan edi.

Joriy yil 29-yanvar kuni AQShning Nevada shtatida Atletika komissiyasining UFC 229 jang oqshomida yuz bergan janjal yuzasidan sud eshituvi bo‘lib o‘tdi.

Komissiya qaroriga ko‘ra, jang oqshomida janjal uyushtirgan Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatilib, unga 500 ming dollar miqdorida jarima to‘lash majburiyati yuklatilgan edi.

Shuningdek, Habibning amakivachchasi Abubakar Nurmagomedov va uning do‘sti Zubayra Tuxugov ham 1-yilga chetlatilib, ularga 25 ming dollardan jarima to‘lashlari belgilangan edi.

Yangiliklar lentasi
0