Baxt ko‘lida yo‘ltanlamas avtomobillar poygasi bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Niva zo‘rmi yoki Land Cruiser ? - Toshkent yaqinida jip-trial poygasi bo‘lib o‘tdi. Unda 20dan ortiq avtomobillar ishtirok etdi.

O‘tgan dom olish kunlaridi Toshkent yaqinida yo‘ltanlamas avtomobillar poygasi bo‘lib o‘tdi. Baxt ko‘li va Golf oralig‘ida 4x4 avtommobillar poygasi bo‘lib o‘tdi. Poyga tashkilotchilari "4x4 Standart" va "4x4 Ekstrim" nomli 2ta trassa tayyorlashgan edi. Ular o‘z nomidan kelib chiqqan holda turli murakkablik darajasiga ega. Vazifa oddiy – ushbu trassalardan birini imkon qadar tezroq bosib o‘tish.

Motosikli yedut po nochnomu gorodu - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda tunda poyga uyushtirgan motosiklchilar ushlandi

Poygada Unda O‘zbekistonning turli burchaklaridan kelgan 20ta ekipaj hamda qozog‘istonlik mehmonlar shtirok etishdi. Trassa murakkabligiga qarab, ishtirokchilar 2ta guruhga bo‘linishdi.

Eng murakkab toifada qozog‘istonlik ekipaj Otabek va Abdujalil Kurbanovlar maxsus tayyorlangan avtomobilda g‘olib chiqishdi. Ikkinchi o‘rin Saydulla Nasirov va uning shturmani Islam Ilyasovga nasib etdi. "Bronza" bo‘lsa - Nikita Klochkov va Muxamad Muxamedovga berildi.

"Standart" doifasida g‘alaba Ziyovuddin Nuriddinov va Nariman Achilov, ikkinchi o‘rin - Ilyes Inomjonov va uning shturmani Farxod Abdumadjiyevga va 3 – o‘rin Ilya Rodchenkov hamda  Timur Otabulayevlarga nasib etdi.

Yangiliklar lentasi
0