“Shumaxerni singlisi”: Toshkentda haydovchi YPX inspektoridan qochib ketishga urindi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishJezl inspektora DPS
Jezl inspektora DPS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kerakli hujjatlari bo‘lmay turib avtomobilni boshqargan ayol haydovchi YPX inspektoridan qochib ketishga urindi.

TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Toshkentda yo‘l-harakati xavfsizligi inspektori tomonidan Lacetti avtomobilining 25 yoshli ayol haydovchisiga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzildi deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.

18 oktabr kuni ijtimoiy tarmolarda Lacetti avtomobili va uning orqasida quvib ketayotgan YPX avtomobili  videolavha tarqalgan edi. Ma’lum bo‘lishicha 17-oktabrya soat 22:35 larda Toshkent Halqa yo‘lining Olmazor tumanidan o‘tgan qismida YPX inspektori davlat raqami  01D616VV bo‘lgan Lacetti avtomobiliga to‘xtatish haqida ishora qiladi.

Peshexodniy perexod v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochgan haydovchi qo‘lga olindi

Haydovchi esa to‘xtash o‘rniga tezlikni oshirib YPX inspektoridan yashirinishga urinadi. Patrul avtomobili bir necha bor ogohlantirishiga qaramasdan qoidabuzar haydovchi harakatini davom ettiradi. Qochib ketishga urinish jarayonida haydovchi yo‘lning qarama-qarshi tomonidan ham harakatlanadi.

Bir necha daqiqa "poygadan" so‘ng avtomobil Yunusobod tumanidagi Kaymakova ko‘chasida to‘xtatiladi. Tekshirish davomida avtomobilni boshqargan haydovchi 25 yoshli Toshkent viloyatida yashovchi Gulira’noning avtomobilni boshqarish uchun kerakli hujjatlarining barchasi yo‘qligi aniqlanadi.

Unga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135 (kerakli hujjatlarsiz TVni boshqarish) hamda 194 (YPX inspektorining qonuniy talablarini bajarmaslik) bandlari bo‘yicha bayonnomalar tuzildi. Avtomobil  jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0