TOShKENT, 20 okt –Sputnik. Moskvada 2020-yilning 1-yanvaridan patent to‘lovlari narxi 350 rublga oshadi, deb xabar qilmoqda Rossiya IIVning Migratsiya boshqarmasi.
“Moskva hukumati federal qonunchilikning taaluqli bandiga o‘zgarish kiritdi. 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab xorijiy fuqarolarga mehnat qilish huquqi beruvchi patent to‘lovi miqdori oyiga 5350 rubl bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, 2018-yilda patent to‘lovi miqdori oyiga 4500 rublni, 2019-yilda – 5000 rublni tashkil qilgan edi. O‘tgan yilda Moskvada berilgan patentlar soni 450 mingtani tashkil qildi. Patent to‘lovlari hisobidan shahar budjetiga tushgan to‘lovlar miqdori 17,4 milliard rubl bo‘ldi.