Toshkentda harbiylar cho‘kayotgan ayolni qutqarishdi

© SputnikKanal
Kanal - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jabrdiyda qashqadaryolik, 1980-yilda tug‘ilgan Yu.X ekanligi aytilmoqda. U hozirda shifoxonaga yotqizilgan

TOShKENT, 19 okt - Sputnik. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Toshkentdagi Anhor kanalida cho‘kayotgan  ayol hayotini saqlab qoldilar, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Milliy gvardiya axborot xizmati vakili.

Reka Yenisey - Sputnik O‘zbekiston
Suzish bo‘yicha jahon chempioni Rossiyaning eng chuqur darosida cho‘kib ketdi

Hodisa 18-oktabr kuni soat 20:40 lar chamasi ro‘y bergan. Anhor kanalida cho‘kayotgan ayolni ko‘rib, Turkiston san’at saroyi atrofida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant Z.Ergashev va uning sheriklari jabrdiydaga yordamga shoshilganlar.

Harbiylar tezkorlik bilan ayolni suvdan olib chiqishgan. Jabrdiyda qashqadaryolik, 1980-yilda tug‘ilgan Yu.X ekanligi aytilmoqda. U hozirda shifoxonaga yotqizilgan.

Shayhontohur tumani ichki ishlar xodimlari tomonidan hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0