TOSHKENT, 19 okt - Sputnik. Kattaligi 400 metrdan 1 kilometrgacha boʻlgan Asteroid 162082 (1998 HL1) 25 oktyabr kuni Yerga yaqinlashadi. Bu haqda yer oldi obʼyektlarini tadqiq qilish markazi - NASA xabar bermoqda.
NASA maʼlumotiga koʻra, obʼyekt 25 oktyabr kuni Moskva vaqti bilan 20.21da Yerga juda yaqin masofaga keladi.
Asteroid Yer sayyorasiga tahdid solmaydi. U sayyoradan Oygacha boʻlgan 16ta masofaga teng yaqinlikda oʻtadi.
Asteroid "Apollonlar" guruhiga mansub. U 1998 yilning 18 aprelida kashf qilingan. Bu guruhda jami 5 mingdan ortiq asteroidlar maʼlum.