Yosh chempionlar Toshkentda tantanali kutib olindi

Obuna bo‘lish
Bugun Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan bokschilar respublikaga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekistonliklar musobaqada 23 nafar bokschi bilan ishtirok etib, 20 ta medal qo‘lga kiritishdi. Ularning 8 tasi oltin, 3 tasi kumush va 9 tasi bronza medallar.

O‘zbekiston bokschilari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Osiyo chempionlari Toshkentda qanday kutib olinganini Sputnik videosida tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0