ODKB harbiylari "terrorchilar"ni dodini berdi - video

Obuna bo‘lish
Nijniy Novgorod yaqinida Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikistondan kelgan 3 ming harbiylar ishtirokida aksiterrorchilik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Qo‘yilgan barcha vazifalar muvaffaqiyatli bajarildi.

Manevr rejasiga asosan, Nijnegorod viloyatidagi "Mulino" poligonida jangarilar guruhi butun shaharni qo‘lga oldi. Harbiy bo‘linmalar "asirlarni" ozod qildi va shartli terrorchilarni zararsizlantirdi.

Keyinchalik harbiylar "jangarilarga" yordamga kelgan guruhlarning zarbasini qaytarishdi.

Mashqlarga harbiy qo‘shin, zirhli texnika, harbiy aviatsiya jalb qilindi.

Eng qiziqarli holatlarni Sputnik videosida tomosha qiling.

"O‘zaro munosabatlar-2019" kompleks mashqlarining keyingi bosqichlari ODKB tarkibiga kiruvchi respublikalarning o‘quv poligonlarida bo‘lib o‘tadi.

Sentabr o‘rtalarida To‘raqo‘rg‘on poligonida O‘zbekiston va Tojikiston harbiy xizmatchilari ishtirokida shu kabi mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tgandi.

Yangiliklar lentasi
0