Kim O‘zbekistondagi Nurmagomedov akademiyasi haqida: Habibni qo‘llashga tayyormiz

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishPress-konferensiya rossiyskix boysov smeshannix yedinoborstv
Press-konferensiya rossiyskix boysov smeshannix yedinoborstv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Premier Beverages" direktorlar kengashi raisi Igor Kim MDH mamlakatlarida MMA janglari o‘tkazish rejalari haqida gapirib, shuningdek, O‘zbekistonda Habib Nurmagomedov akademiyasini ochish loyihasi xususida fikrlarini aytdi.

Bundan avval rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi, MMA chempioni Habib Nurmagomedov O‘zbekistonda o‘z akademiyasini ochmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik. Igor Kimning so‘zlariga ko‘ra, uning kompaniyasi sportchini ushbu yo‘nalishda qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

“O‘ylaymanki, bu ertangi kun masalasi emas, hozir Habib Maxachkalada Rossiya, ehtimol Yevropadagi eng yaxshi zallardan birini ochishga tayyorlanmoqda. Umuman biz uni doim qo‘llab-quvvatlaymiz, yil davomida biror marta uning loyihada ishtirok etishdan bosh tortganimiz yo‘q”, - dedi Kim.

UFC tarkibiga kiradigan sportchilar haqida gapirganda, u MDH mamlakatlarida, masalan, Qozog‘iston va Belorusda mohir kurashchilar ko‘p ekanligini ta’kidladi.

"Juda istiqbolli o‘zbek jangchisi – mukofotlar sovrindori Shoxjahon Ergashev. Yaqinda taniqli belaruslik sportchi bilan shartnoma imzolaymiz. Qozog‘istonda esa noyob sportchimiz bor - u yoshligida bir oyog‘ini yo‘qolgan, lekin nogiron bo‘lishiga qaramay sog‘lom sportchilar qatorida ishtirok etmoqda va g‘olib bo‘lmoqda" - deb yakunladi Igor Kim.

Premier Beverages direktorlar raisi batafsil izohini Sputnik radiopodkasida tinglashingiz mumkin.

Kim ob idee Nurmagomedova otkrit akademiyu v Uzbekistane: mi vsegda podderjivayem takie proyekti
Yangiliklar lentasi
0