O‘zbekistonda go‘sht muammosini genetika va texnologiyalar hal qila oladi

© Natsionalniy soyuz proizvoditeley govadiniGendirektor Natsionalnogo soyuza proizvoditeley govadini Roman Kostuk
Gendirektor Natsionalnogo soyuza proizvoditeley govadini Roman Kostuk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yirik qoramol importini oshirmasdan go‘sht ishlab chiqarilishini oshirishi mumkin. Muayan choralarning ko‘rilishi muammoni yechilishiga olib keladi, deydi Rossiyada mol go‘shti ishlab chiqaruvchilari milliy ittifoqi bosh direktori Roman Kostuk.

TOShKENT, 17 okt - Sputnik. Joriy yil 22-oktabrdan e’tiboran Qozog‘iston hududidan urg‘ochi mollar olib chiqilishi ta’qiqlanadi. Bunday choraga sabab qilib O‘zbekistonga tirik qoramol bosh soni import hajmi ko‘paygani ko‘rsatilmoqda. Joriy yil birinchi yarim yilligi o‘zida respublika 63 mingdan ziyod chorva boshini sotib olgan.

Qozog‘iston O‘zbekiston tufayli qoramol olib chiqishni ta’qiqladi

Rossiyaning chorvachilik sohasida ekspert fikricha, mavjud sharoitdagi Qozog‘istonning ushbu qarori mantiqiy va balanslashtirilgan. O‘zbek fermerlari holati yuzasidan ekspert respublika chorvachilik tarmog‘ida sifatli o‘zgarishlarga urg‘u qo‘yish zarurligini aytib o‘tdi.

“Dastlab butun chorvachilik sohasida mumkin qadar mustaqil bahoga ega bo‘lish uchun, ilojisi bo‘lsa, tashqaridan xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda keng miqiyosli audit o‘tkazish zarur. Chorvachilikni rivojlantirish va go‘sht ishlab chiqarilishi hajmlarini oshirish uchun hayvonlarni bo‘rdoqiga boqish, kelgusida takror ishlab chiqariladigan eng munosib qoramol zotlarini tanlab olish jarayoniga alohida e’tibor qaratish kerak” – deydi Kostuk.

Respublikada hozirda so‘yilayotgan chorvalar hajmi mavjud imkoniyatlarning bor-yo‘g‘i 40% - 50% ini bermoqda. Ushbu imkoniyatlar chorvani professional tarzda bo‘rdoqiga boqish va mukammallashtirilgan genetikani joriy etish yo‘lga qo‘yilganidagina mumkin bo‘lar edi. Ya’ni, muammo chorva tanqisligida emas, uning to‘g‘ri meyorgacha yetkazilishida, deb fikr bildirdi rossiyalik ekspert.

Sobranie posvashennoe razvitiyu selskogo xozaystva - Sputnik O‘zbekiston
Chorvachilik va bog‘dorchilikni rivojlantirish bo‘yicha prezident taklifi

“Genetik va texnologik choralarning to‘g‘ri qo‘llanilishi aslida O‘zbekistondagi go‘sht ishlab chiqarilishini oshirishi mumkin”, - xulosa qildi ekspert.

Chorvachilik sohasida muammoni hal qilish uchun prezident Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni maxsus yig‘ilish o‘tkazdi. Uchrashuv davomida respublika rahbari zarur infrastrukturani rivojlantirish, to‘laqonli yem-hashak bazasini beto‘xtov ta’minlab berish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va bu sohada kadrlarni tayyorlash masalalariga e’tibor qaratdi.

Kak Uzbekistanu razvivat jivotnovodstvo posle vvedeniya Kazaxstanom embargo — ekspert
Yangiliklar lentasi
0