Muhojirga emas, pinhoniy iqtisodiyotga qarshi kurashish kerak

© Foto : Iz lichnogo arxiva Dmitriya PoletayevaDmitriy Poletayev
Dmitriy Poletayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noqonuniy migratsiya va ishga joylashtirish masalalarini yechishda Rossiyada qanday choralar ko‘rilishi kerakligi borasida Migratsiya bo‘yicha tadqiqotlar markazi direktori Dmitriy Poletayev Sputnik bilan o‘rtoqlashdi.

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Rossiyada 16-oktabrdan e’tiboran, iqtisodiyotning turli sohalariga migrantlarni jalb qilishga kvotalar o‘rnatuvchi hukumat qarori kuchga kirdi. 2020-yilda mehnat muhojirlarining aksariyatini qurilish sohasiga jalb qilishga ruxsat berilgan. Kvota umumiy ishchilar sonining 80%i darajasida o‘rnatilgan. Ushbu meyor Moskva shahri, Oltoy o‘lkasi va Buratiyaga tarqalmaydi.

Muhojirlar ulushi yo‘lovchi va yuklarni tashish sohasida 26%, sportda 25%, qishloq xo‘jaligi sanoatida 50% ni tashkil etadi.

Trudovie migranti vozvrashayutsya domoy - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Moliya vazirligi migrantlar uchun surpriz tayyorlamoqda

Dmitriy Poletayev fikricha, yangi kvotalar kiritilishi bilan hech narsa o‘zgarmaydi. O‘zbekiston va tojikistonlik mehnat muhojirlarining ko‘pchiligi shundoq ham qurilish sohasida band. Ular xizmat ko‘rsatish sohasida ozchilikni tashkil etadi.

Ekspert fikricha, bu singari huquqiy regulyatorlar kuchga kirganda, ularni og‘ib o‘tish yo‘llari bor g‘ayrat bilan qidirila boshlanadi. Poletayev suhbati davomida muhojirlarga savdo sohasida ishlashga ta’qiq qo‘yilganda, ular yordamchi ishchi kuchi sifatida rasmiylashtirilishni boshlanganini eslatib o‘tdi.

“Kvotalarni bajarish ustidan doimiy nazorat yo‘q va ko‘rib turganimizdek, qoidalarni buzganlarning o‘z xabar yetkazuvchilari bor”, - deydi ekspert.

Uning aytishicha, kvotalar kiritilishi bilan samara bo‘ladi, ammo u muammoni batamom hal qilib berishini kutmaslik kerak.

Ekspert migrantlar patent to‘lovi o‘rniga soliq to‘lashlari haqida: "lekin"i bor

Bu oddiy iqtisodiyot qonuni, ya’ni agar sohada kishilarga zaruriyat bo‘lsa, muhojirlar bu yerda ishlashga, ish beruvchi esa ularni yollashga tayyor bo‘lsa, demakki, rasmiy kursdan chetlashish holatlari vujudga kelishini inkor qilib bo‘lmaydi”, - deb xulosa qildi D.Poletayev.
Noqonuniy migratsiya va ishga joylashtirish sohalaridagi mavjud muammolarni hal qilish uchun iqtisodiy choralar kerak bo‘ladi. Mehnat muhojirlari bilan emas, pinhoniy (soyaviy iqtisodiy-tahr.) sektorga qarshi kurashish kerak, deb yakun yasadi suhbatdosh.

Poletayev: v Rossii nujno borotsya ne s migrantami, a s tenevoy ekonomikoy
Yangiliklar lentasi
0