UFC chempioni Habib Nurmagomedovning amakivachchasi Umar bilan birga noyabrda Toshkentga keladi, u yerda GFC janglari o‘tkaziladi.
Matbuot anjumanida Umar Habibga tenglashishga harakat qilish, biroq hech qanday bosimni sezmayotganligini aytdi.
“Albatta, bugun Habib yakkakurash bilan shug‘ullanayotgan millionlab o‘smir va yosh sportchilarga namuna bo‘ldi. U ham men uchun o‘rnak. Men yutqazsam, Habibning ukasi yutqazdi deb barcha gazetalar yozishini bilaman. Bu esa meni ko‘proq ishlashga, mashq qilishga undaydi. Ammo men hech qanday bosimni sezmayapman”, - deydi Umar.
23 noyabrda Toshkentdagi Humo Arena'da GFC20 turniri o‘tkaziladi. Bu musobaqa Habib Nurmagomedov tomonidan uyushtiriladi. Asosiy jang Habibning ukasi Umar va Nikita Chistakov o‘rtasida bo‘ladi.
Bugun “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligida rossiyalik MMA jangchisi, UFC mutlaq chempioni Habib Nurmagomedovning matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda chempionning ukasi Gorilla Fighting Championship chempionlari Umar Nurmagomedov va Tagir Ulanbekov hamda Premier Beverages direktorlar kengashi raisi Igor Kim ishtirok etdi.