O‘zbekistonda “Xizb ut-Taxrir” jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hibsga olingan shaxslarning yashash manzillarida ekstremistik mazmundagi adabiyotlar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qo‘yilgan.

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlariida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati ta’qiqlangan «Xizb ut-Taxrir” diniy-ekstremistik tashkilotining bir guruh a’zolari jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi, xabar qiladi IIV.

Mavjud ma’ulomotlarga ko‘ra, ushbu shaxslarning aksariyati muqaddam «Xizb ut-Taxrir” diniy-ekstremistik tashkilotiga a’zo bo‘lganliklari uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan.

“Ularga ko‘rsatilgan ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy ko‘makka qaramasdan jinoiy til biriktirib aholi orasida noqonuniy targ‘ibot olib borib, «Xizb ut-Taxrir” DET g‘oyalarini tarqatganlar hamda shu yo‘l bilan saflarini kengaytirishga qaratilgan g‘ayriqonuniy hatti-harakatlarni sodir etganlar. Shuningdek, ular ekstremistik g‘oyalaridan voz kechgan, muqaddam jazo muddatini o‘tab chiqqan shaxslarni ham qayta jinoyat sodir etish yo‘liga chorlaganlar”, - deyiladi IIV tarqatgan xabarda.  

Hibsga olingan shaxslarning yashash manzillarida ekstremistik mazmundagi adabiyotlar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qo‘yilgan.

11 oktabrya 2019. Zasedanie Soveta glav gosudarstv Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG). - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev, Rahmon va Jeenbekov Markaziy Osiyoda terrorizm tarqalmoqda deb aytishdi

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun: «Xizb ut-Taxrir” diniy ekstremistik tashkiloti 1953-yilda Falastin davlatida Taqiyuddin Nabixoniy tomonidan asos solingan bo‘lib, maqsadi - dastlab musulmon mamlakatlarida, keyinchalik esa butun dunyoda yagona xalifalik davlatini o‘rnatishdan iborat.

AQSh IShID boshliqlari haqidagi ma’lumot uchun katta mukofot pulini beradi

Bugungi kunda ushbu tashkilotning faoliyati Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston Respublikalari va yana bir qator mamlakatlar hududida ta’qiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016-yil 26-sentabrdagi  qarori bilan «Xizb ut-Taxrir” diniy ekstremistik tashkiloti faoliyati O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’qiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0