TOShKENT, 16 okt – Sputnik. UFC ikki toifasi bo‘yicha chempion kanadalik Jorj Sen-Pyer Habib Nurmagomedov bilan ma’lum shartlarga ko‘ra jang qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
“Pensiyaga ketish - so‘zi hech nimani anglatmaydi. Men Habib bilan jang qilishga tayyorman, gap shartnomada. Biz bir yil, mening MMA ketishimdan oldin jang tashkillashtirishga harakat qilgandik, biroq UFC buni rad etgandi”, - deydi kanadalik sportchi.
Ilgariroq Habib jamoasi bir necha marta Sen-Pyer bilan jang qilishga qiziqish bildirgandi.
Biroq UFC rahbari Dana Uayt rossiyalik jangchi kelgusi jangni Toni Ferguson bilan o‘tkazish kerakligini aytgandi.