Ravon - Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobil brendi bo‘ldi

© Oleg Spivak / Kursiv.kzPredstavlen perviy Ravon Nexia R3, sobranniy v Kazaxstane
Predstavlen perviy Ravon Nexia R3, sobranniy v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sentabr oyida Ravon Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobil brendi bo‘ldi, Ravon R3 (Nexia) bo‘lsa - eng ko‘p sotilgan avtomobillar orasida 2-o‘rinni egalladi.

TOShKENT, 16 okt - Sputnik. Ravon R3 - sentabr oyida Qozog‘istondagi eng ko‘p sotilgan mashinalardan biri bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zavtosanoat matbuot xizmati. 

2019 yil sentabr oyi natijalariga ko‘ra Ravon brendi Qozog‘istonda eng eng ko‘p sotiladigan avtomobil brendi bshldi. Ravon R3 (Nexia3) - eng ommabop avtomobil markalari reytingida ikkinchi o‘rinni egallab, Koreya va Rossiya modellarini ortda qoldirdi, - deyilgan xabarda. 

Hisobot davrida faqat Qozog‘istonda 6641 ta avtomobil sotilgan, ularning 8% dan ortig‘i Ravon brendiga to‘g‘ri keladi. Ushbu reytingda o‘zbek avtomobillari Yevropa, Koreya va Yaponiyaning eng yirik brendlaridan ustun kelishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi ichki va tashqi bozorlar uchun Ko‘stanay shahridagi «SariarkaAvtoProm” zavodida Ravon R3 sedanlarini ishlab chiqarishni boshlagan.

Yangiliklar lentasi
0