Yevropa Ittifoqi migratsiyani to‘xtatishga ojizligini tan oldi

Obuna bo‘lish
Chorshanba kuni tarqatilgan dokladda "yaqin yillarda migratsiya siyosiy kun tartibida muhim o‘rin egallashi tufayli" chegara nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlangan

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Migratsiya masalalari bo‘yicha yevrokomissar Dimitris Avramopulos chorshanba kuni YeI migratsiya oqimini to‘xtatish masalasini emas, balki bunday oqimni qanday boshqarish haqida qayg‘urayotganini aytdi.

Germaniya kansleri Angela Merkel - Sputnik O‘zbekiston
Merkel “bolqon marshruti”ning yopilishi Germaniya uchun foyda bo‘lganini tan oldi

YeKda o‘tkazilgan brifingda chiqishida yevrokomissar o‘z egallab turgan lavozimidagi besh yillik faoliyatiga qisqacha yakun yasadi hamda ushbu yillar davomida amalga oshirilgan ishlar YeKni migratsiya sohasida oldinda turgan chaqiriqlarga yaxshiroq tayyorlash imkonini berganini aytdi.

Avramopulosning so‘zlariga ko‘ra, Suriya shimoli-sharqidagi hodisalar "biz hamisha tayyor turishimiz kerakligini" ko‘rsatmoqda. U shuningdek, migratsiya sohasidagi choralar ustida ishlash yakuniga yetmaganini, "u ko‘p kuch va vaqt talab qilishini" qo‘shimcha qildi.

"Lekin biz rostgo‘y bo‘lmog‘imiz kerak: migratsiya masalasi kelajakda ham bo‘ladi, hech qachon uni qanday to‘xtatish mumkin, deb yondashilmaydi, uni qanday yaxshiroq boshqarish yechimi ustida fikr yuritiladi", - dedi u.

YeK ma’lumotlariga ko‘ra, YeI chegaralarini noqonuniy kesib o‘tish ko‘rsatkichi 2018-yilda 150 minggacha qisqargan, bu besh yil davomidagi eng past ko‘rsatkichdir. YeK ushbu natijaga 2016-yilda YeI-Turkiya o‘rtasida qochoqlarga Turkiya hududida yordam berish bitimi tufayli erishdi.

Chorshanba kuni tarqatilgan dokladda "yaqin yillarda migratsiya siyosiy kun tartibida muhim o‘rin egallashi tufayli" chegara nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlangan.

Yangiliklar lentasi
0