TOShKENT, 15 okt - Sputnik. Chet el fuqarosi O‘zbekistonda vaqtincha yashash uchun ruxsatnomani uch mln AQSh dollariga olishi mumkin, xabar beradi Adliya vazirligi.
“Respublikada 3 million AQSh dollari qiymatida investitsiya kiritgan chet el fuqarosiga 10-yillik muddatga O‘zbekistonda yashash uchun ruxsatnoma taqdim etiladi”, - deyiladi xabarda.
Investitsion vizani qo‘lga kiritish uchun ichki ishlar organlari hududiy bo‘linmalariga murojaat qilib, quyidagi hujjatlarni taqdim etish talab etiladi: o‘rnatilgan tartibdagi anketa, xorijiy investitsiya kiritayotgan korxonadan rasmiy iltimosnoma xati, kiritilgan investitsiyalar to‘g‘risida ma’lumotnoma va pasport.
Biz fuqarolarimiz sonini ko‘paytirapmiz, hududimizda yashaydiganlarni emas
Xorijiy investorlar va ularning oila a’zolariga, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolari bilan teng ravishda mahalliy oliygohlarda stipendiya olish va huddi shunday shartlarda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni olish kabi imtiyozlar taqdim etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ilgari bu turdagi viza 5-yilgacha berilgan edi.