Jizzaxda xorij fuqarosi jarimaga tortildi  

© GTKV Djizzake oshtrafovali inostransa
V Djizzake oshtrafovali inostransa  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzaxda bojxona to‘lovini to‘lamay BMW avtomobilini boshqarib yurgan xorij fuqarosi jarimaga tortildi.

TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Jizzax viloyati Bojxona qo‘mitasi xodimlari xorijiy fuqaroni jarimaga tortishdi, deb xabar qilmoqda DBQ matbuot xizmati.

Yaqinda Jizzax shahrida o‘tkazilgan reyd davomida, bojxona xodimlari “Ko‘k bozor” yaqinida turgan BMW avtomobilining hujjatlarini tekshirishgan.

Xorijiy fuqaro S.V. boshqaruvida bo‘lgan avtomobil, avtotransportga rasmiylashtirilgan majburiyatnoma talablarini buzgan holda belgilangan 90 kun muddatdan tashqari yana 93 kalendar kuni davomida O‘zbekiston hududida bo‘lgani va qonunda belgilangan 31 565 276 so‘m boj to‘lanmagani aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan ayni damda bojxona tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Xorij fuqarosi avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirilgan. 

Yangiliklar lentasi
0