Tanzila Narbayeva AQSh elchisi Rozenblyum bilan uchrashdi

© Senat Oliy Majlisa Respubliki UzbekistanSostoyalas vstrecha Predsedatelya Senata Oliy Majlisa s Poslom SShA
Sostoyalas vstrecha Predsedatelya Senata Oliy Majlisa s Poslom SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik, xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Senati va O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish masalalari muhokama etilgan

TOShKENT, 15 okt - Sputnik. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva AQSh elchisi Daniel Rozenblyum bilan uchrashdi, deb xabar berildi O‘zbekiston Hukumat portali rasmiy saytida.

Sbor xlopka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Xabarda aytilishicha, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik, xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Senati va O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish masalalari muhokama etilgan.

"Tomonlar odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-iyuldagi "Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq tuzilgan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berildi", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, majburiy mehnat xavflariga yo‘l qo‘ymaslik va bu borada xalqaro standartlarni hisobga olgan holda milliy qonunchilikni takomillashtirish xususida fikr almashilgan.

Yangiliklar lentasi
0