Ekspert migrantlar patent to‘lovi o‘rniga soliq to‘lashlari haqida: "lekin"i bor

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishPerviy zamestitel dekana fakulteta mirovoy ekonomiki i mirovoy politiki Natsionalnogo issledovatelskogo universiteta «Visshaya shkola ekonomiki” (NIU VShE) Igor Kovalev
Perviy zamestitel dekana fakulteta mirovoy ekonomiki i mirovoy politiki Natsionalnogo issledovatelskogo universiteta «Visshaya shkola ekonomiki” (NIU VShE) Igor Kovalev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy iqtisodiyot maktabi jahon iqtisodi va jahon siyosati fakulteti dekanining birinchi o‘rinbosari Igor Kovalev RF Moliya vazirligining MDHning YeOIIga a’zo bo‘lmagan davlatlari migrantlari uchun o‘z o‘zini band qilish rejimini joriy qilish bo‘yicha tajribasiga izoh berdi

Ekspertlar fikricha, mehnat haqidan to‘lanadigan 4-6% hajmdagi imtiyozli soliqlar ko‘pgina chet elliklar uchun patent to‘lovidan ko‘ra foydaliroq bo‘lishi mumkin.

Trudovie migranti vozvrashayutsya domoy - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Moliya vazirligi migrantlar uchun surpriz tayyorlamoqda

"Agar siz o‘rtakash orqali ishga yollanayotgan bo‘lsangiz — bu qo‘shimcha bo‘g‘in, va, tabiiyki, siz olishni rejalashtirgan maoshning ma’lum bir qismi o‘sha o‘rtakashning cho‘ntagiga kiradi", - deb ta’kidlaydi Kovalev.

Ekspert fikriga ko‘ra, bunday tizim hech kimga tobe bo‘lishni istamaydiganlar uchun ma’qul keladi - ular mustaqil ishlaydilar va barcha xatarlarni o‘z bo‘ynilariga oladilar, deb yozmoqda Sputnik Tojikiston. Biroq bunday bandlik ham nazorat ostida bo‘lishi kerak, deb qo‘shimcha qiladi ekspert.

"Tanganing ikki tomoni bo‘lgani kabi, bu taklifning ham ikkita maqsadi bor. Birinchidan, taklif migrantlarga ularning qonuniy ishlashlari va soliq to‘lashlari uchun imkoniyat berishga yo‘naltirilgan. Bunda juda qimmat turadigan patentni olishga ehtiyoj qolmaydi, 4% miqdorda imtiyozli stavkada soliq to‘lanadi, xolos. Ikkinchi tomoni - Rossiyaga ko‘proq migrantlarni jalb qilishdir. Rossiyada ishchi kuchi yetishmayapti, dvlat qonuniy migrantlarni qabul qilishdan manfaatdor", - dedi Kovalev.

Kovalev rasskazal, komu budet vigoden status samozanyatix
Yangiliklar lentasi
0