TOShKENT, 14 okt – Sputnik. O‘zbekiston hududida 2019-yil boshidan buyon eng ko‘p sotilgan avtomobil modeli ma’lum bo‘ldi. Bu haqida O‘zAvtosanoat matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“O‘zbekistonliklar orasida eng mashhur avtomobil – Nexia 3. 2019-yil boshidan buyon 52 176 dona ana shunday avtomobil sotilgan”, - deyilgan muassasa xabarida.
Nexia 3 – yil boshidan buyon O‘zbekistonda eng ommaviy avtomobil unvonini egallab turibdi. Xususan ikkinchi kvartal yakunida ham 30 605 dona sotilgan avtomobil ko‘rsatgichi bilan Nexia 3 – eng ommaviy avtomobil bo‘lgan edi.