TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etish uchun bugun Bokuga boradi, Hukumat portali xabariga asosan.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 14-15 oktabr kunlari Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) yettinchi sammitida ishtirok etadi”, - deyilgan xabarda.
Ushbu sammitda O‘zbekiston Respublikasining Turkiy kengashga to‘la huquqli a’zo sifatida Tashkilotga qo‘shilishi to‘g‘risida Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi hamda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi yettinchi sammitining deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.
Shuningdek sammitda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston hamda kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etayotgan Vengriya va Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari Turkiy kengash doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan masalalarni muhokama qiladilar.
Undan tashqari O‘zbekiston prezidenti Bokuga tashrifi doirasida sammitda ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejelashtirilgan.