Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

Obuna bo‘lish
Yaponiyada "Xagibis" to‘foni tufayli 26 kishi qurbon bo‘lishi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev Sindzo Abega hamdardlik bildirdi.

TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga "Xagibis" to‘foni yopirilishi oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat Bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi

Jenshina v Tokio derjit zontik, spasayas ot silnogo dojdya i vetra - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiyada kuchli to‘fon tufayli 4,3 milliondan ziyod kishi evakuatsiya qilinishi mumkin

NHK telekanali xabariga ko‘ra, tayfun oqibatida kuchli yog‘ingarchilik sodir bo‘lgan va Kanagava, Totigi, Gumma, Miyagi, Saytama, Fukusima, Ivate, Nagano, Tiba, Sidzuoka va Ibaraki prefekturalarida bir necha darolar qirg‘og‘idan oshib suv toshqinlari sodir bo‘lgan.  

Ma’lum bo‘lishicha, ayni damda 26 kishi ushbu tabiiy ofatda qurbon bo‘lgan, 175 kishi turli jarohatlar olgan, 18 kishi izsiz yo‘qolgan. Talofatlar sonini hisoblash davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0