O‘zbekiston yana bir davlat bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

© MID UzbekistanaMejdu Respublikoy Uzbekistan i Grenadoy ustanovleni diplomaticheskie otnosheniya
Mejdu Respublikoy Uzbekistan i Grenadoy ustanovleni diplomaticheskie otnosheniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botir Asadov va Grenadaning Rossiyadagi elchisi Oleg Firer imzoladi.

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. 11-oktabr kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi va Grenada o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma Kommunikeni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botir Asadov va Grenadaning Rossiyadagi elchisi Oleg Firer imzoladi.

Hujjatda O‘zbekiston Respublikasi va Grenada ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro anglashuv, do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida, BMT Nizomi tamoyillari va maqsadlari hamda xalqaro huquqqa amal qilgan holda 1961-yil 18-apreldagi Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi, 1963-yil 24-apreldagi Konsullik munosabatlari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga muvofiq va MBT Nizomida belgilangan tamoyillar asosida diplomatik munosabatlar o‘rnatishga qaror qilganlari qayd etiladi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat elchilari tomonidan O‘zbekiston va Grenada o‘rtasida tomonlarni qiziqtirgan sohalarda, jumladan xalqaro tashkilotlar doirasida konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari batafsil muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0