Davlat rahbari Tashkent City xalqaro biznes markazida qurib bitkazilgan ilk obyektlar - Kongress xoll va “Hilton” mehmonxonasini borib ko‘rdi.
Kongress xollning umumiy maydoni 43 ming kvadrat metr bo‘lib, unda yirik xalqaro anjumanlar, oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratilgan. Birinchi qavat markazida 3,5 ming ishtirokchiga mo‘ljallangan konferensiyalar zali bor. Zaruratga qarab, u ikki yoki to‘rtga bo‘linishi ham mumkin.
Batafsil Sputnik O‘zbekiston videolavhasida.