TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Xalqaro gimnastika federatsiyasi o‘zbekistonlik ikki nafar sportchiga Tokio Olimpiadasi litsenziyalari taqdim etilganini rasman tasdiqladi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Oksana Chusovitina va Rasuljon Abdurahimov Olimpiada yo‘llanmalarini qo‘lga kiritgan.
“Shu tariqa o‘z nomini tarix zarvaraqlariga bitgan Oksana faoliyatida sakkizinchi bor Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritmoqda. Reglamentga ko‘ra, hamurtlarimiz kelasi yil Tokio Olimpiadasida o‘zlari istagan yo‘nalishda ishtirok etishlari mumkin”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Tokio Olimpiadasiga litsenziya olgan o‘zbekistonlik sportchilar soni 10 nafarga yetgan.