Chempion kelmoqda: Habib Toshkent shahridagi turnirda ishtirok etadi

Obuna bo‘lish
Rossiyalik UFC mutlaq chempioni Habib Nurmagomedov 23-noyabr kuni GFC20 turnirida ishtirok etish uchun Toshkentga keladi.

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Rossiyalik UFC mutlaq chempioni Habib Nurmagomedov 23-noyabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Bu haqda sportchi instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Assalomu alaykum, O‘zbekiston. 23-noyabr kuni Toshkent shahridagi GFC20 turnirida ishtirok etaman. Yaqin orada ko‘rishamiz. Barchaga sog‘lik va omad", - deya yozgan Habib.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib Nurmagomedov O‘zbekistonda ilk bor GFC 20 musobaqasi o‘tkazilishi, rejaga ko‘ra unda 7 nafar o‘zbekistonlik va 6 nafar rossiyalik jangchilar ishtirok etishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0